platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirdi

Soʻnggi ikki oyda yillik inflyatsiya darajasi biroz pasayib, noyabr oyi yakunida 10 foizni tashkil etdi. 

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirdi
Foto: Platina.uz

Markaziy bank boshqaruvi 2024 yil 12 dekabrdagi yigʻilishida asosiy stavka masalasini koʻrib chiqdi.

Yigʻilishda yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Soʻnggi ikki oyda yillik inflyatsiya darajasi biroz pasayib, noyabr oyi yakunida 10 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning pasayishi, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorlashuvi hisobiga yuzaga keldi.

Iqtisodiyotda shakllanayotgan yuqori isteʼmol va investitsion faollik yalpi talabni qoʻllab-quvvatlashi hisobiga xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarida oʻsish xatarlari saqlanib qolmoqda.

Aholining birlamchi ehtiyojlari doirasidagi ayrim xarajatlarning oʻzgarishi va ob-havo sovushi bilan energiya narxlari erkinlashtirilishining ikkilamchi taʼsirlari yuzaga chiqishi iqtisodiyot subʼektlarining inflyatsion kutilmalarida ham namoyon boʻlmoqda. Noyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mos ravishda 13,7 va 12,7 foizgacha tezlashdi, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid