Maktablarda qishki taʼtil 29 dekabrdan boshlanadi
III chorak darslari esa 13 yanvardan boshlanishi belgilanmoqda.

Maktablarda III chorak darslari 13 yanvardan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
"Ota-onalar, oʻquvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda oʻquv jarayonlarining uzluksizligini taʼminlash maqsadida qishki taʼtil kunlari 2024 yil 29 dekabrdan boshlanib, 2025 yil 11 yanvarga qadar davom etadi", deyiladi xabarda.
Bunda maktablarda 2025 yil 11 yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024 yil 28 dekabr (shanba) kuniga oʻtkaziladi hamda oʻquv yilining 3-choragi 2025 yil 13 yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
Talabalar uchun taʼtil 25 dekabr va 7 yanvar kunlarida davom etadi.