platina.uz
Iqtisod

Ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi tushishda davom etmoqda

Oʻrtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks mashinalar oʻrtacha narxlari pasaygan boʻlsa, mahalliy lyuks va elektromobillar narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi.

Ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi tushishda davom etmoqda

Oʻzbekistonda ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi pasayib bormoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024 yilning noyabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil oʻrtacha narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda oʻrtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobilllar oʻrtacha narxlari pasaygan boʻlsa, mahalliy lyuks va elektromobillar narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

Joriy yilning noyabr oyida ikkilamchi bozorda oktabr oyiga nisbatan:
- Oniks: oʻrtacha foydalanilgan - 4.8%ga ($14 600 dan $13 900 ga) , kam foydalanilgan - 5,4%ga ($14 900 dan $14 100 ga);
- Lacetti: oʻrtacha foydalanilgan - 1.4%ga ($14 700 dan $14 500 ga), kam foydalanilgan - 1,1%ga ($15 200 dan $15 031 ga);
- Neksiya: oʻrtacha foydalanilgan - 0.9%ga ($11 500 dan $11 400 ga);
- Spark: oʻrtacha foydalanilgan - 0.8%ga ($10 485 dan $10 400 ga);
- Labo: oʻrtacha foydalanilgan - 2.4%ga ($8 300 dan $8 100 ga);
- Damas: oʻrtacha foydalanilgan - 0.9%ga ($8 200 dan $8 125 ga), koʻp foydalanilgan - 1%ga ($7 600 dan $7 527 ga) arzonlagan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari

Mazkur davrda kam va oʻrtacha foydalanilgan Malibu avtomobilining oʻrtacha narxlari mos ravishda 3,0% ($30 100 dan $31 000 ga) va 1,7%ga ($29 000 dan $29 500 ga) oshgan boʻlsa, koʻp foydalanilgan Ekinoks oʻrtacha narxi 1.9%ga ($27 000 dan $26 500 ga) tushdi. Shuningdek, Treker narxlarida oʻzgarish kuzatilmadi.

Elektomobil narxlari

Joriy yilning noyabr oyida oʻrtacha foydalanilgan BYD Han va BYD Yuan Up elektromobillar oʻrtacha narxlari mos ravishda 1,6% ($36 500 dan $35 900 ga) va 2,4%ga ($21 000 dan $20 500 ga) pasaygan boʻlsa, yangi BYD E2 elektromobili 3,1%ga ($16 700 dan $17 216 ga) qimmatlashdi. BYD Song Plus EV Chempionning narxi deyarli oʻzgarmadi (yangi - $29 000, oʻrtacha foydalanilgan - $26 600).

Xorijiy lyuks avtomobillar narxlari. HYudai Elantra va Kia Sportage rusumli kam foydalanilgan avtomobillar oʻrtacha narxlari mos ravishda 2,2% ($23 000 dan $22 500 ga) va 1,5%ga ($32 500 dan $32 000 ga), oʻrtacha foydalanilgani esa 1,6%ga (Elantra - $22 000 dan $21 650 ga va Sportage - $31 500 dan $31 000 ga) pasaydi.

Avtomobillar bosib oʻtgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga koʻra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
- 2023-2024 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 20 000 km. gacha boʻlgan avtomobillar –«Kam foydalanilgan»;
- 2023-2024 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha boʻlgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 40 000 km. gacha boʻlgan avtomobillar-«Oʻrtacha foydalanilgan»;
- 2023-2024 yillarda ishlab chiqarilgan va bosib oʻtgan masofasi 50 000 km. dan koʻp boʻlgan avtomobillar, 2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib oʻtgan avtomobillar hamda 2020 yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – «Koʻp foydalanilgan».

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid