Toshkentdagi zavod 26,9 mlrd soʻmlik elektrni noqonuniy ishlatgani maʼlum boʻldi
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Toshkentda qariyb 27 mlrd soʻmlik elektrni noqonuniy ishlatgan zavod aniqlandi.
"Oʻzenergoinspeksiya" Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, DXX, Bosh prokuratura, Ichki ishlar boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Unda Yashnobod tumanida joylashgan K.Y.A." MChJga qarashli metalni qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra davlat manfaatlariga 26 mlrd 945 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.