platina.uz
Iqtisod

Timur Ishmetov nomzodi Markaziy bank rahbarligiga taqdim etildi

U Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi. 

Timur Ishmetov nomzodi Markaziy bank rahbarligiga taqdim etildi

Timur Ishmetov Markaziy raisi boʻlishi kutilyapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi.

Ishmetov Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Timur Ishmetov 2017 yilda qisqa muddat Davlat investitsiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2017—2019 yillarda Oʻzbekiston Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020 yillarda Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari kabi vazifalarda faoliyat olib borgan. 2020—2022 yillarda Moliya vaziri sifatida ishlagan.

Avvalroq Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisligidan ketishi maʼlum boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid