Sirojiddin Boboqulov bandlik vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi
U avval bosh vazir kotibiyatida boʻlim boshligʻi sifatida ishlagan.

Boboqulov Sirojiddin Suyunovich Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sirojiddin Boboqulov Bosh vazir kotibiyati "Mahalla yettiligi", yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, avval Zafar Azimov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi.