Markaziy bank raisi lavozimidan olinishi kutilyapti
Prezident Markaziy bank raisini lavozimdan boʻshatish boʻyicha Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritdi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ishdan olinishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mamarizo Nurmuratov 1960 yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1993-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ilmiy tadqiqotlar markazi direktori.
1996-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari.
2000-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
2004-2006 — Samarqand viloyati hokimi.
2006-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining maslahatchisi sifatida ishlagan.
2017 yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.