platina.uz
Jahon

Isroil Suriya flotini deyarli yoʻq qildi

Yahudiy davlati tomonidan ikki kunda Suriyaga  500 ga yaqin zarbalar berilgan. 

Isroil Suriya flotini deyarli yoʻq qildi

Isroil tomonidan Suriya floti deyarli yoʻq qilindi.

Isroil armiyasi soʻnggi ikki kun ichida Bashar Assad rejimi agʻdarilganidan beri tartibsizliklar girdobidagi Suriyaga yuzlab zarbalar berdi.

Yahudiy davlati "Suriyaning strategik qurollari zaxirasining katta qismini" yoʻq qilganini maʼlum qildi.

10 dekabr kuni kechki telegrammada SAXAL 80 dan 190 kilometrgacha masofaga uchadigan raketalari boʻlgan Suriya harbiy-dengiz kuchlarining ikkita obektiga zarba bergani va 15 ta kemani yoʻq qilgani aytilgan.

Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, bor-yoʻgʻi 48 soat ichida zenit batareyalari, aerodromlar, qurol ishlab chiqarish maydonlari, qurol-yarogʻ omborlari, harbiy obʼektlar, otish moslamalari va oʻq otish pozitsiyalariga 480 ta havo hujumi uyushtirildi.

Qurol-yarogʻ zahiralarining yoʻq qilinishi "ularning terroristik unsurlar qoʻliga tushib qolishining oldini oldi", — dedi Isroil bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, Asad rejimi qulagach, Isroil Suriya chegarasida amaliyot boshladi. Tel-Aviv bu harakatlarni chegarada bufer zona yaratish bilan izohlamoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid