Tramp Kanada va Meksikani AQSh tarkibiga qoʻshib olishni taklif etdi
Saylangan prezident Meksika va Kanada yuz milliardlab subsidiyalar olish oʻrniga AQShga qoʻshilishi mumkinligini aytdi.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika va Kanadani AQSh tarkibiga qoʻshilishga taklif qildi.
Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Meksika va Kanada subsidiyalar olish oʻrniga AQShga qoʻshilishi mumkinligini aytdi.
"Biz Kanadaga yiliga 100 milliard dollardan ortiq miqdorda subsidiya beramiz. Meksikaga deyarli 300 milliard dollar subsidiya beramiz. Biz bunday qilmasligimiz kerak. Nega biz bu mamlakatlarni subsidiyalayapmiz? Ularni subsidiyalash oʻrniga, Qoʻshma Shtatlar tarkibiga qoʻshib olaylik", dedi u.
Tramp avvalroq noqonuniy muhojirlar oqimi va giyohvand moddalar kontrabandasi tufayli Meksika va Kanadadan barcha tovarlarga 25 foizlik bojlar joriy etishi mumkinligini aytgan edi.
Shuningdek, u Kanada bosh vaziri bilan suhbatda mamlakatni AQShga 51-shtat qilib qoʻshib olish haqida hazillashgandi.




