Talabalar uchun poyezdlarga chegirma eʼlon qilindi
Chegirma yuqori klassdagi vagonlar va "Afrosiyob" elektropoyezdlari uchun amal qilmaydi.

Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi.
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlaridan tashqari) 2024 yil 23 dekabrdan 2025 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
Avvalroq Uzbekistan airways ham 50 foizlik chegirma eʼlon qilgandi.