platina.uz
Jamiyat

Talabalar uchun aviachiptalarga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi

Chegirma 2024 yil 23 dekabrdan 2025 yil 7 yanvariga qadar amal qiladi. 

Talabalar uchun aviachiptalarga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi

Talabalar uchun 50 foizgacha chegirma eʼlon qilindi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi.

Chegirma 2024 yil 23 dekabrdan boshlab 2025 yil 7 yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan hamda Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin. Buning uchun davlat muassasasida oʻqishni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, talabalar uchun qishki taʼtil 25 dekabrdan 7 yanvargacha davom etadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid