JSTga aʼzolik boʻyicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralar yakunlandi
Ikki davlat vakillari Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi toʻgʻrisidagi protokolni imzoladi.

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkiloti boʻyicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari boʻyicha vakili Azizbek Oʻrunov maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Pokiston vakillari 7 dekabr kuni tegishli protokolni imzoladi. Uchrashuvda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev ham ishtirok etdi.
Shuningdek, shu kuni Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi toʻgʻrisidagi protokolni imzolaganini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ikki yirik davlat AQSh va Xitoy bilan muzokaralar yakunlangandi.