platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada qariyb bir milliard soʻm qalbaki pullar aniqlandi

Uch fuqaro 200, 100 va 20 ming soʻmlik kupyuralar koʻrinishidagi qalbaki banknotlarni purkagichli printer yordamida chop etgan. 

Fargʻonada qariyb bir milliard soʻm qalbaki pullar aniqlandi

Qariyb 1 mlrd soʻmlik qalbaki pullarning muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Fargʻona viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming soʻm pulni Jizzax viloyatida 27200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming soʻmlik kupyuralar koʻrinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi maʼlum boʻldi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid