platina.uz
Jamiyat

Birjaga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Bu gaz zapravkalariga kiritilayotgan cheklov bilan bogʻliq. 

Birjaga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi, deyiladi vazirlik maʼlumotida.

Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgani maʼlum qilingan.

Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi.

Isteʼmolchilarning avtobenzinga boʻlgan talabini toʻliq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.

"Shuni alohida taʼkidlash kerakki, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz taʼminlash yuzasidan barcha zaruriy choralar koʻrilgan.

Shu oʻrinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan toʻgʻri sotishlarini soʻraymiz.

Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi", deya taʼkidlangan Energetika vazirligi xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 9 dekabr kuni Oʻzbekiston boʻylab gaz zapravkalarga cheklov oʻrnatilishi maʼlum qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid