platina.uz
Iqtisod

Alisher Muratov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

U Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi. 

Alisher Muratov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Alisher Akmalovich Muratov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Alisher Muratov 2020 yil avgust oyidan 2023 yil oktabr oyiga qadar Biznesni rivojlantirish banki (sobiq Qishloq qurilish banki") da boshqaruv raisi sifatida, undan oldin esa boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Hozirgacha esa Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Zafar Azimov bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid