“Russkaya obshina” – davlat himoya qilayotgan millatchilik
Bu jamiyat mafkurasiga koʻra, faqat ruslar odam hisoblanadi. Qolgan butun dunyo odam emas. Bu mafkura fashistlar mafkurasidan farq qilmaydi.

Rossiyada koʻp asrlardan buyon koʻplab millatlar oʻzaro hamkorlikda yashab keladi. Hatto koʻplab mashhur fan va madaniyat arboblari ham, umumlashtirib aytganda, rus madaniyati va ilm-faniga hissa qoʻshgan boʻlsa-da, boshqa millat vakillari hisoblanadi.
Masalan, qoʻmondon Petr Bagration – gruzin, general Mixail Barklay de Tolli – shotland, Pushkin – bobosi habash, yozuvchi Nikolay Karamzin – tatar, yozuvchi Ivan Sergeyevich Turgenev – tatar, tilshunos olim Vladimir Dal – asli daniyalik, Nikolay Nekrasov – polyak, Aleksandr Gersen – onasi nemis, olim Kliment Timiryazev – onasi ingliz, fizik olim Konstantin Siolkovskiy – polyaklardan, rassom Ivan Ayvazovskiy – arman, admiral Kolchak – kelib chiqishi serb-xorvat, Baron Vrangel – nemis, knyaz Yusupovlar – noʻgʻoy, Anna Axmatova (Gorenko) – tatar, Petr Ilich Chaykovskiy – ona tarafdan fransuz va hokazo.
Hatto Rossiyani boshqargan podsholar ham boshqa millatlarning vakillari boʻlgan. Rossiya hozirgacha maqtanib keladigan ilmiy-harbiy texnika yutuqlari ham SSSR vaqtida, 15 ta milliy respublika boyligi, insoniy va aqliy resurslari yordamida yaratilgan. Shu kunlarda Putin maqtanib oʻtirishni yaxshi koʻradigan “Oreshnik” raketasi ham 70-yillarda yaratilgan sovet raketasining sal-pal takomillashtirilgan versiyasi xolos.
Biroq azal-azaldan Rossiyada millatlarni ruslashtirish siyosati yuritiladi. Kamsonli millatlar – istilo qilingan yer va xalqlarning tillari va dinlari yoʻqotilib, rus tili va pravoslav diniga oʻtkazishga harakat qilishgan. Hatto ismlarni ham ruslashtirish siyosati ustuvor boʻlgan.
Bunday jarayonga qarshilik qilganlar esa xalq dushmaniga chiqarilib jazolangan. Ularga hamda ularning madaniyatiga qarshi tom maʼnoda repressiya va passiv genotsid uyushtirilgan, bu hozirgacha davom etib kelmoqda. Bu hatto davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan, desak mubolagʻa emas. Masalan, ikki yilcha oldin Rossiya tarkibidagi Tatariston kabi milliy subʼektlarda tatarlar oʻqiydigan maktablarda rus tilidan boshqa milliy tillarni majburiy oʻqitish taqiqlab qoʻyildi. Shu paytgacha esa butun Rossiyada taʼlim faqat va faqat rus tilida olib boriladi. Ayni sharoitda barcha postsovet respublikalarida rus tilida taʼlim beriladigan maktablar koʻpligicha qolmoqda.
Hozir ham Rossiyada irqchilik muammosi eng dolzarb va kam baholangan muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Soʻnggi yillarda "Russkaya obshina” nomini olgan tashkilot tobora ommalashib, tadqiqotchilar va huquq himoyachilarining eʼtiborini oʻziga tortmoqda.
Muammoning ildizlari: Rossiyada irqchilik qanday shakllangan
Tarixan Rossiya koʻp millatli davlat boʻlib, u yerda slavyanlardan tortib Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibir xalqlarigacha turli etnik guruhlar bir imperiya, keyin esa federatsiya tarkibida birga yashagan.
Biroq bu birga yashash har doim ham teng boʻlmagan. Rossiya imperiyasi va SSSR davridagi "katta ogʻa" – etnik rus qiyofasini yaratishga qaratilgan targʻibot boshqa millatlarni kamsitish uchun asos boʻldi.
Sovet ittifoq parchalanib, sobiq SSSR respublikalaridan Rossiyaga ommaviy migratsiya boshlanganidan keyin millatlararo nizolar muammosi kuchaydi. Markaziy Osiyo va Kavkazdan kelgan muhojirlar eng zaif, huquqlari kamsitiluvchi ijtimoiy guruh boʻlib chiqdi.
SSSR tarqalgach, iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli millionlab mehnat muhojirlari Rossiyaga yopirilib kela boshladi. Tabiiyki, buncha katta oqimni eritib, ruslashtirishning imkoni yoʻq edi. Ularning kompakt holda ishlashi va yashashi bunga xalaqit berishi tabiiy. Shu bois aholida oʻzga madaniyat va irq vakillariga nafrat kuchaya boshladi. Irqchi, kriminal va marginal qatlamlar oʻzlari duch kelayotgan barcha qiyinchiliklar va davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarda migrantlarni ayblashar edi. Migrantlarni xoʻrlash, haqoratlash, kaltaklash va hatto oʻldirish holatlari koʻpayib ketdi. Afsuslanarlisi, hukumatning oʻzi bu jarayonga yoqilgʻi sepa boshladi. Boisi, hukumat uchun barcha xatolarni, korrupsiya, oʻgʻirlik, nomaqbul iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samarasizlikni ham migrantlar zimmasiga yuklash osonroq edi.
Natijada rus jamiyatida koʻplab irqchi, neofashist, oʻta oʻng, millatchi, migrantofob, islomofob guruhlar shakllandi. Ularning hukumat bilan kelishmaganlari tugatildi, qamoqqa tashlandi. Hukumat va politsiya hamda xavfsizlik xizmatlarining aytganidan chiqmaydiganlari uchun yashil chiroq yoqildi. Hatto hozir Rossiya politsiyasi ham migrantlarga qarshi bosqinlarini shunday “quloq” irqchilar – “Russkaya obshina” guruhi aʼzolari bilan hamkorlikda oʻtkazmoqda.
Rossiya faqat ruslar uchunmi?
“Russkaya obщina” (Rus jamiyati) – Rossiyaning eng yirik oʻta oʻng, millatchi, migrantofob, islomofob va hukumatparast tashkiloti boʻlib, 2020 yil oxirlarida tashkil etilgan.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda oʻta faol boʻlgan bu mitti fashistlar oʻz qahramonliklarini tarmoqlarda joylab, irqchilik va milliy adovat qoʻzgʻab kelayotgan boʻlsa-da, javobgarlikka tortilmayapti. Hatto Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va harbiy qoʻmondon Alauddin Aptiyev kabi obroʻli rossiyaliklar bu tashkilotning davlat asoslarini va millatlararo totuvlikni yemirishidan ogohlantirib kelsa-da, Rossiya hukumati “Russkaya obshina”ga oshkora va yashirin yordam berishni, ularning jinoyatlariga panja orasidan qarashni toʻxtatgani yoʻq.
“Russkaya obshina”ning mantiqsiz, aksilinsoniy, ahmoqona va primitiv mafkurasiga koʻra, ushbu tashkilot “rus xalqining oʻzaro yordam uchun birlashuvini”ni koʻzda tutadi.
Mazkur jinoyatchilar guruhi Rossiyaning amaldagi rahbariyatining joriy siyosiy kursini, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va mamlakatdagi aksildemokratik va aksilliberal repressiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qiladi, xususan, Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin tashkilotdagi mashhur shaxs boʻlib, migratsiyaga qarshi va shunga koʻra tashkilot tomonidan ittifoqchi sifatida koʻriladi.
Tashkilot Rossiyadagi barcha mehnat muhojirlariga qarshi kurash eʼlon qilgan. Millatchi jinoyatchilar politsiya bilan birgalikda reydlar oʻtkazadi, jumladan, masjidlarda ibodat jarayonini buzib, namozxonlarni yerga yotqizib qoʻyishda politsiyaga yordam berishadi.
“Russkaya obshina” islom dini va musulmonlarning ashaddiy dushmani. Ular oʻz bayonotlarida buni ochiq aytishadi. Ularning fikricha, "anʼanaviy rus qadriyatlari"ga mos kelmaydigan har qanday narsa yoʻq qilinishi yoki chetga uloqtirilishi lozim. Bu jamiyat mafkurasiga koʻra faqat ruslar – odam hisoblanadi. Qolgan butun dunyo odam emas. Bu mafkurasi bilan “Russkaya obshina” fashistlar mafkurasidan farq qilmaydi. Shu bois “Russkaya obshina”ni hukumat qoʻllayotgan neofashistlar deyilsa xato emas.
Umuman olganda, tashkilot faoliyati Rossiyada taqiqlangan millatchilar uyushmasi boʻlmish “Noqonuniy immigratsiyaga qarshi” fashistik harakatining ritorikasini, va albatta hukumatning norasmiy ritorikasini aynan takrorlaydi.
2024 yil sentabrda Sankt-Peterburgda “Vatanparvarlar marshi” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tashkilot yetakchilaridan biri Andrey Tkachuk bu jarayonni videoga olgan va rolikda musulmonlarni “kofir va yovuz ruhlar” deb atagan. Keyinchalik Tkachuk Birlashgan Qirollik razvedka xizmatlarini Rossiyada nafrat qoʻzgʻatishda ayblab, rossiyalik musulmon Mansur Gneyev va Zamir Xojimuratovni ularning agentlari degan, ular goʻyoki "kichik xalqlar vakillarini ruslar va rus jamiyatiga va shaxsan unga qarshi qoʻyishini" taʼkidlagan.
Reydlar
2024 yil avgust oyida tashkilot aʼzolari shahar maʼmuriyati vakillari va politsiya xodimlari bilan birgalikda Yekaterinburgda koʻcha sotuvchilariga hujum qildi. Shundan soʻng, ichki ishlar xodimlari savdogarlarni qoʻlga olib, ularning mollarini (meva va sabzavotlarni) qarovsiz qoldirgan. Ular hibsga olingandan soʻng tashkilot aʼzolari meva-sabzavotlarni oʻtkinchilarga tarqata boshlagan, keyinchalik mahalla aʼzolari yordamisiz ularni oʻgʻirlay boshlagan. Jurnalistlar jamiyat aʼzolarini birovning molini soʻramasdan va pulini bermasdan olish oʻgʻirlik ekaniga ishontirishga harakat qilishdi. Oʻz navbatida, politsiya va intervyu olingan mahalliy ruslar begona millatga tegishli peshtaxtadan oʻgʻirlik qilish odatiy holligini va bu jinoyat hisoblanmasligini aytishdi. Bu holat irqchilik va oʻgʻrilik ushbu jamiyat qon-qoniga va genetikasiga singib ketganiga dalil hisoblanadi.
Qonun bilan bogʻliq muammolar
2024 yil may oyida sud aprel oyida bir maktabga “odam boʻlmagan”larni izlab kelgan va taʼlim muassasasini toʻsib qoʻygan “Russkaya obshina”ning olti nafar aʼzosini hibsga oldi. Hodisaga talaba va rus tili-adabiyoti oʻqituvchisi oʻrtasidagi etnik nizo sabab boʻlgan.
2024 yil avgust oyida Sankt-Peterburgda asli tojikistonlik taksi haydovchisi dogʻistonlik mijoz bilan yuzaga kelgan mojaroni hal qilish uchun “Russkaya obshina” aʼzolariga qoʻngʻiroq qilgan. Mojaro ishtirokchilari politsiyaga olib ketildi va keyinchalik “Russkaya obshina”ning oʻn nafar aʼzosi mayda bezorilikda aybdor deb topilib, maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilindi.
2024 yil oktabr oyida Chechenistondagi Inson huquqlari boʻyicha komissari Mansur Soltayev politsiya va prokuraturadan “Russkaya obshina”ning faoliyatini tekshirishni va huquqiy baho berishni soʻradi. Soltayevning soʻzlariga koʻra, tashkilot Rossiyada milliy adovatni qoʻzgʻatish maqsadida xorijiy razvedka xizmatlari uchun ishlaydi.
Vaqtinchalik dori
“Russkaya obshina” tashkiloti bu faqat radikallar muammosi emas. Bu faoliyat davlat siyosatidagi tizimli muammolarni oʻzida aks ettiradi. Hukumat ksenofobiya, millatchilik va irqchilikni qoʻllab-quvvatlab yoki koʻrib-koʻrmaganga olib, oʻz xatolari va oʻgʻriliklarini vaqtincha yashirishga muvaffaq boʻlishi mumkin. Biroq bu ishi bilan joriy hukumat Rossiya ijtimoiy yaxlitligiga putur yetkazayotganini anglamayotgan yoki anglashni istma yotgan koʻrinadi.
Hozirgi Rossiya hukumati koʻmillatli totuv jamiyatni saqlab qolishni istasa, xudbinlik va etnomarkazlashtiruvdan voz kechishi hamda har bir fuqaro yoki muqim oʻzini teng his qiladigan odam erkin va inklyuziv jamiyat qurilishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak boʻladi. Aks holda shundoq ham kuchli oʻgʻrilik, korrupsiya va militarizm botqogʻiga botib borayotgan Rossiya jamiyati tarqoq va kuchsiz mamlakatga aylanishi, istalgan paytda fuqarolar urushi yoki inqilobiy harakatlar uchun qulay shart-sharoitlar paydo boʻlishi mumkin.