platina.uz
Madaniyat

Poytaxt hokimligi bolajonlar uchun ajoyib tuhfa taqdim etdi

Toshkent shahrida bolajonlar uchun bepul musiqali tomoshalar namoyish etilmoqda.

Poytaxt hokimligi bolajonlar uchun ajoyib tuhfa taqdim etdi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxtda joylashgan Oʻzbekiston Milliy kino sanʼat saroyida bolalar uchun bepul konsert-shoular boshlandi.

Xususan, 9 dekabr kuni “Mimi shou” va “Billur boshmoqli qiz” musiqali tomoshalari namoyish etildi.

Poytaxt hokimligi bolajonlar uchun ajoyib tuhfa taqdim etdi

Madaniy tadbirlarga Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflarida taʼlim olayotgan 36 ming nafar oʻquvchilarni qamrab olish koʻzda tutilgan.

Poytaxt hokimligi bolajonlar uchun ajoyib tuhfa taqdim etdi

Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan maqsad bolalarning boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va faol oʻquvchilarni ragʻbatlantirishdan iborat.

Poytaxt hokimligi bolajonlar uchun ajoyib tuhfa taqdim etdi

Maʼlumot uchun, konsert-shou har kuni 4 marta – 3 ta oʻzbek tilida va 1 ta rus tilida namoyish etiladi va 13-dekabrga qadar davom etadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid