platina.uz
Jahon

Asadga Rossiya boshpana berdi: Suriya boʻyicha soʻnggi yangiliklar

Isyonchilar rahbari  Abu Muhammad Joʻloniy omma oldida nutq soʻzlab, Asad rejimi ustidan gʻalaba qozonilganini eʼlon qildi. Isroil kuchlari esa Suriya chegara hududiga kirdi. 

Asadga Rossiya boshpana berdi: Suriya boʻyicha soʻnggi yangiliklar

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad Moskvaga keldi, Rossiya unga boshpana berdi, deya xabar bermoqda "TASS" Kremldagi manbaga asoslanib.

U oila aʼzolari bilan kelgan.

8 dekabr kuni Bashar Asad mingan samolyot radarlardan gʻoyib boʻlgan va Reuters uni halok boʻlgani ehtimolini yozgandi.

Poytaxt Damashq toʻliq isyonchilar ixtiyoriga oʻtdi, ularning prezident saroyida yurgani videolari tarqaldi.

Isyonchilar rahbari Abu Muhammad Joʻloniy omma oldida nutq soʻzlab, Asad rejimi ustidan gʻalaba qozonilganini eʼlon qildi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yakshanba kuni Isroil harbiylari Suriya bilan 1974 yilda tuzilgan shartnoma Bashar Asad rejimi bilan birga barbod boʻlganini aytib, Golan tepaliklaridagi bufer zonaga vaqtinchalik boʻlinmalarni joylashtirganini eʼlon qildi.

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, u Isroil mudofaa kuchlariga Golan tepaliklarining Isroil tomonidan bosib olingan qismidan bufer zonaga va "yaqin atrofdagi qoʻmondonlik pozitsiyalariga" kirishni buyurgan. "Biz hech qanday dushman kuchlarning chegaramizda nazorat oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaymiz", dedi u.

Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi Suriya qoʻshinlari shanba kuni bir qismi bufer zonada joylashgan Qunaytra viloyatidan chiqib ketganini xabar qildi.

AQSh Suriyadagi IShID boʻlinmalariga 75 bor havo zarbasi berdi. Vashington izohiga koʻra, bu chora ularning Suriyadagi xaosdan foydalanib qolmasligi uchun qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid