“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligida oʻtkaziladigan navbatdagi loyihalar eʼlon qilindi
Yoshlarning barcha qatlamini qamrab olayotgan mazkur oylik qizgʻin davom etmoqda.

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxt yoshlari uchun muhim loyihalarni eʼlon qilindi.

Joriy yilning 10–14 dekabr kunlari “Alpomish” sport saroyida boʻlib oʻtadigan quyidagi yirik loyihalarga yoshlar taklif etiladi:
⁃ 10 dekabr — oʻquv markazlari forumi;
⁃ 11–12 dekabr — oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kelajak Expo” mehnat yarmarkasi;
⁃ 13 dekabr — mutaxassislik talab etilmaydigan “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkasi;
⁃ 14 dekabr — “TOP 100 oliy oʻquv yurti” oliy taʼlim muassasalari koʻrgazmalari.
Mazkur loyihalarda yoshlar, ota-onalar va manfaatdor tashkilotlarning ishtirok etishlari mutlaqo bepul.