OAV: Bashar Asad Suriyadan qochib ketdi
Bosh vazir Muhammad Gʻozi al-Jaloliy Suriya xalqi tanlagan har kuchga hukumatni topshirishga tayyorligini aytdi.

Suriya prezidenti Bashar al-Assad mamlakat poytaxtini samolyotda tark etdi, deb xabar qilmoqda Reuters, TASS va Al-Hadath manbalari.
Muxolifat va islomchilar birlashgan qoʻmondonligi Al-Fatoh al-Mubinning telegram kanalida "Asad qochib ketdi", deyiladi.
Isyonchilar" Damashqni zolim Bashar al-Assaddan ozod" deb eʼlon qilishayotganini aytishdi. Muxolifat kuchlari Damashqqa kirganini eʼlon qildi.
Suriya bosh vaziri Muhammad Gʻozi al-Jaloliy Suriya xalqi tanlagan har qanday rahbariyat bilan hamkorlik qilishga va hokimiyatni "oʻtkazish" uchun har qanday choralarni koʻrishga tayyorligini aytdi, deya xabar bermoqda Al-Arabiya.
"Bu oddiy davlat, qoʻshnilari va butun dunyo bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatadigan davlat boʻlishi mumkin , lekin bu masalani Suriya xalqi saylagan har qanday rahbariyat hal qilishi kerak boʻladi. Biz u bilan barcha mumkin boʻlgan shart-sharoitlarni taʼminlash uchun hamkorlik qilishga tayyormiz", — dedi hukumat rahbari Facebook orqali suhbat chogʻida.
U "Suriya davlatining barcha institutlarini" saqlab qolishga chaqirdi va davlat ishlarini davom ettirishni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.
Shu bilan birga, al-Jaloliy hech qanday mansab va imtiyozlarga muhtoj emasligini taʼkidlab, oʻz uyida ekanligiga va uni tark etish niyatida emasligiga ishontirdi.
AFPning isyonchilar yetakchisiga tayanib xabar berishicha, Damashqdagi hukumat muassasalari hokimiyat rasman topshirilgunga qadar bosh vazir nazorati ostida qoladi.