MKBANK xodimlari “Zakovat” intellektual oʻyinida bellashdi
Hayajonli, hissiyotlarga toʻla va kutilmagan savollarga boy oʻtgan aql jangida gʻolib jamoalar esdalik sovgʻalari, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.
MKBANK xodimlari oʻrtasida Konstitutsiya kuniga bagʻishlab, “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Abdurasul Abdullayev boshchiligida “Zakovar arena”da oʻtkazilgan mazkur oʻyinda MKBANKning respublikadagi barcha hududiy boshqarmalari, BXO va BXMlari hamda Bosh ofis xodimlaridan tashkil topgan eng kuchli jamoalari bellashdi.
30 ga yaqin jamoalar ishtirok etgan bilimlar bellashuvida bankirlar nafaqat, oʻz zakovatlariyu zukkoligini namoyish etishdi, balki jamoaviy ahillik, doʻstlik hamda oʻzaro samimiy muloqotning natijasini koʻrsatishdi.
Ayniqsa, 1- va 2-tur oʻrtasida berilgan tanaffusda bank jamoasi bir stol atrofida yaqindan tanishish, fikr almashish imkoniga ham ega boʻlishdi.
Hayajonli, hissiyotlarga toʻla va kutilmagan savollarga boy oʻtgan aql jangida gʻolib jamoalar esdalik sovgʻalari, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.
Bunday anʼana, yaʼni bilimlar bellashuvi MKBANK tomonidan muntazam oʻtkazib kelinayotgan boʻlsa-da, bu galgi “Zakovat” intellektual oʻyini barcha jamoa ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi, deyish mumkin.