Muhammad Angliyada eng mashhur oʻgʻil bola ismiga aylandi
Bu maʼlumot Buyuk Britaniya Milliy Statistika boshqarmasi yillik hisobotida keltirilgan.

2023 yilda Angliya va Uelsdagi ota-onalar oʻgʻillariga eng koʻp Muhammad va qizlariga Oliviya deb ism qoʻyishgan.
Shu bilan birga, umumiy olganda Oliviya nomi ketma-ket ikkinchi yil eng mashhur boʻldi.
Muuhammad esa Nuh(Noy) ni chetga surib, ikkinchi oʻrindan koʻtarildi.
Bu maʼlumotlar Buyuk Britaniya Milliy Statistika boshqarmasi yillik hisobotida keltirilgan.
Oʻgʻil bolalarning 100 ta eng yaxshi ismlari Muhammad ismining uch xil shaklini, jumladan Muhammed va Moxamedni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi va uchinchi variantlar 28 va 68-oʻrinlarni egallaydi.
Muhammad ismi Angliyada 2016 yildan beri kuchli 10 talikka kiradi. Statistika boshqarmasi ismning mashhurligi diniy sabablarga koʻra ekanligini taʼkidlaydi.
2023 yildagi eng yaxshi 3 nafar qiz ismlari 2022 yildan oʻzgarishsiz qolmoqda: Oliviya, Ameliya va Isla.
Qizlarning eng mashhur oʻnta ismlari qatoriga Lili, Freya, Ava, Ivi, Florens va Izabella ham kirdi. Oʻgʻil bolalar uchun eng yaxshi uchta ism endi shunday koʻrinadi: Muhammad, Nuh, Oliver. Kuchli oʻnlikka, shuningdek, Jorj, Leo, Artur, Lyuk, Teodor, Oskar va Genri kirdi.