platina.uz
Jahon

Janubiy Koreya prezidenti xalqdan kechirim soʻradi

Prezident harbiy holat va uning ortidan kelib chiqqan vaziyat uchun uzr soʻragan va lavozimda qolishi masalasi deputatlar ixtiyorida ekanini aytdi. 

Janubiy Koreya prezidenti xalqdan kechirim soʻradi

Janubiy Koreya rahbari xalqdan kechirim soʻradi.

"Harbiy holatni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror umidsizlikdan kelib chiqqan". Janubiy Koreya prezidenti impichment boʻyicha parlament ovoz berishdan oldin xalqqa murojaat qildi.

Yun Sok Yol shu hafta boshida harbiy holat joriy etish qarori uchun uzr soʻradi va televideniye orqali xalqqa murojaati chogʻida taʼzim qildi." Bu qaror umidsizlikdan qabul qilindi", dedi u.

Prezidentning qoʻshimcha qilishicha, u baʼzi raqiblari qoʻrqqanlaridek, ikkinchi marta harbiy holat eʼlon qilmaydi.

Yun Sok Yol "lavozimda qolishi boʻyicha savolni" oʻz partiyasi ixtiyoriga qoldirayotganini aytdi.

Xalqqa murojaat Yun Sok-Yolning mamlakatda harbiy holat eʼlon qilgan va bekor qilinganidan beri birinchi marta omma oldida chiqishi boʻldi. Shundan soʻng mamlakat parlamentida koʻpchilikni tashkil etgan muxolifat deputatlari prezidentga impichment eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdilar va Janubiy Koreya politsiyasi davlat toʻntarishini uyushtirganlikda gumon qilib, unga qarshi tergov boshladi.

Yun Sok Yolning xalqqa murojaatidan soʻng, prezidentning "Xalq hokimiyati" partiyasi rahbari Xan Dong Xun Janubiy Koreya rahbarining muddatidan oldin isteʼfoga chiqishi muqarrarligini aytdi, chunki u endi hukumat vazifalarini bajara olmaydi.

Bugun Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasiga ovoz beradi. Uni qabul qilish uchun muxolifatga prezident partiyasi deputatlarining kamida 8 ovozi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid