Aktrisa Halima Ibragimova vafot etdi
U oxirgi vaqtlarda xasta boʻlgan.

Aktrisa Halima Ibragimova vafot etdi.
Bu haqda aktrisaning hamkasbi, Mirzo teatri aʼzosi Ulugʻbek Holmedov xabar berdi.
Halima Ibragimova 45 yoshni qarshi olgandi.
Halima Ibragimova 1979 yili Toshkentda tugʻilgan. U "Dev va pakana"," Xavfli burilish", "Janob hech kim" va boshqa filmlarda rol ijro etgan.