Zafar Azimov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
U bungacha Xalq banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zafar Abdumajidovich Azimov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
U bungacha Xalq banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U avval Markaziy bank Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish boʻyicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti direktori, 2019-2021 yillarda "Oʻzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari sifatida ham ishlagan.