platina.uz
Jamiyat

Xorazmda turli maqsadlar uchun 20 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

Urganch shahri, Al-Xorazmiy massividagi yangi uylar atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xarajatlari uchun 10 mlrd soʻm sarflanishi koʻzda tutilmoqda.  

Xorazmda turli maqsadlar uchun 20 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi
Foto: Platina.uz

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi qarori bilan 20,4 mlrd soʻm mablagʻ ajratilmoqda.

Ushbu pul viloyat tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi komissiyasining viloyat hokimi bilan kelishilgan holda mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablagʻ oluvchilar uchun beriladi.

Viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi Xorazm viloyati byudjetiga oʻzgartirishlar kiritadi.

Ajratilgan pul quyidagi maqsadlarga sarflanadi: 2024-2025 yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha xodimlarining asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun 4 mlrd soʻm, Yangi yil bayramida viloyat kengashi kotibiyati xodimlarini ragʻbatlantirish uchun 67,8 mln soʻm, Tuproqqalʼa tumanidagi koʻp qavatli uylarda issiqlik tizimlar va qozonxona qurish uchun 4 mlrd soʻm, Urganch shahri, al-Xorazmiy massividagi yangi uylar atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xarajatlari uchun 10 mlrd soʻm, viloyat hokimligining "Rasmiy qabullar uyi" muassasasidagi elektr bilan bogʻliq xarajatlar uchun 500 mln soʻm ajratiladi.

Avvalroq Sirdaryo hokimi mablagʻ ajratish boʻyicha bir kunda uchta farmoyish chiqargandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid