platina.uz
Jamiyat

Prezident 483 mahkumni afv etdi

Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi,  94 kishining jazo muddatlari qisqartiriladi. 

Prezident 483 mahkumni afv etdi

Prezident farmoni bilan 483 kishi afv etildi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi.

7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid