Poytaxtda “Orzu” tanlovi boshlandi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida isteʼdodli bolalar uchun ham tanlov oʻtkazilmoqda.

“Orzu” bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovi hayajonga boy, koʻtarinki ruhda start oldi. Unda isteʼdodli bolalar oʻzlarining mualliflik ishlari va ustozlar ijodidan namunalar ijro etib, hakamlar hayʼatining eʼtiroflariga sazovor boʻldi.


Tanlovda ishtirok etish uchun 2153 nafar oʻquvchilar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ulardan yuzdan ortiq yoshlar bugun vokal (milliy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari) boʻyicha va adabiyot (nazm (sheʼr, gʻazal, doston) hamda nasr (hikoya va ertaklar) yoʻnalishlarida mahoratlarini namoyon qildi. Ular orasida birinchi marta katta sahnaga chiqayotgan bolalar ham bor. Bu ilk qadamlar kelgusida katta asarlar yaratishga yetaklashi shubhasiz.


Tanlov 12 dekabrga qadar davom etadi. Endilikda amaliy va tasviriy sanʼat, raqs, cholgʻu yoʻnalishlar boʻyicha bellashuvlar oʻtkaziladi.




