platina.uz

MKbank korrutsiyaga qarshi kurash boʻyicha hisob berdi

Yangi ishga qabul qilingan 293 nafar xodim korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha oʻqitildi.

Biznes
6-dekabr, 15:45
MKbank korrutsiyaga qarshi kurash boʻyicha hisob berdi

Bugun “Mikrokreditbank” ATB bosh ofisida “9 dekabr – xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuniga bagʻishlab “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botirali Shodiyev, xalqaro CERT-International kompaniyasi direktori Marat Xabibulin va OAV xodimlari ishtirok etib, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, jamiyatimizda ushbu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil reyting natijalaridan kelib chiqib MKbank qizil hududdan yashil hududga oʻtib, yakunda 84 ballga loyiq koʻrildi.

Maʼlumki, bir qator qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, bankda ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlar roʻyxati shakllantirilgan hamda talab eʼtilgan maʼlumotlar oʻz vaqtida joylab borilmoqda.

Natijada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil uchun eʼlon qilgan ochiqlik reytingida “Mikrokreditbank” faoliyati tahlil qilingan 103 ta tashkilot ichida 22-oʻrinda, 100 ballik baholash reytingi natijalariga koʻra 75.2 ball bilan “yashil” toifada eʼtirof etildi.

Joriy yilning iyul oyida departament tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini joriy etish maqsadida ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimi – talablar va qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar” xalqaro sertifikatini olish ishlari CERT-ACADEMY MChJning 2 bosqichli auditi tomonidan yakunlanib, bankning Bosh ofisi hamda Amaliyot boshqarmasi tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega boʻlindi.

Xodimlarning huquqiy ongini oshirish hamda bilim darajasini xalqaro tajribaga moslashtirish maqsadida iyul oyida 16 nafar bank xodimi xalqaro ISO 37301:2021 menejment tizimi boʻyicha malaka oshirdi va sertifikatga ega boʻldi.

Shuningdek, xodimlarda manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish boʻyicha bankning onlayn MKB TRAINING ACADEMY oʻquv platformasida “Manfaatlar toʻqnashuvi” toʻgʻrisida oʻquv kursi joylashtirildi. Ushbu kursda bank xodimlari manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi videorolik shaklida tushuntirildi, shu bilan birgalikda mazkur qonun bilan tanishib chiqish imkoniyati yaratildi. Viktorina shaklida kiritilgan maʼlumotlar bilan tanishib chiqqandan soʻng xodimlar olgan bilim va koʻnikmalarini test sinovini topshirish orqali sinab koʻrishdi.

Maxsus qoʻllanma asosida ishga yangi qabul qilingan 293 nafar xodimga korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Aloqa kanallari orqali departamentga fuqarolardan jami 138 ta murojaat kelib tushgan (shundan: elektron pochta orqali – 3 ta, rasmiy veb-sayt orqali – 6 ta, telegram bot orqali – 10 ta, ishonch telefoni orqali – 119 ta) boʻlib, amaldagi tartib boʻyicha oʻrganish ishlari olib borildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+