platina.uz

Kongoda odamlar nomaʼlum kasallikdan vafot etmoqda

Sirli xastalik alomatlari orasida isitma, bosh ogʻrigʻi, burun bitishi, yoʻtal, nafas olish qiyinlashuvi va anemiya mavjud. 

Jahon
6-dekabr, 10:21
Kongoda odamlar nomaʼlum kasallikdan vafot etmoqda

Kongoda oʻnlab odamlar nomaʼlum kasallikdan vafot etayotgani xabar berildi.

Kongo Sogʻliqni saqlash vazirligi yaqinda nomaʼlum kasallik sabab 79 qurbon va 376 ta yuqtirish holatni eʼlon qildi, deb yozadi NBC News.

Ayrim OAV xabarlariga koʻra, qurbonlar soni allaqachon 150 ga yaqinlashgan.

Sirli xastalik alomatlari orasida isitma, bosh ogʻrigʻi, burun bitishi, yoʻtal, nafas olish qiyinlishuvi va anemiya mavjud.

Mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi shunga oʻxshash alomatlardan vafot etgan odamlarning qoldiqlari vakolatli sogʻliqni saqlash organlari ishtirokisiz qayta ishlanmasligi kerakligini qoʻshimcha qildi.

JSST voqealar rivojidan xabardor ekanligini va bir guruh mutaxassislarni Kongoga yuborganini maʼlum qilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+