Talaba va oʻquvchilar uchun qishki taʼtil 25 dekabrdan boshlanadi
Taʼtil 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Talaba va oʻquvchilar uchun qishki taʼtil 25 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi qabul qilingan.
Unga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024 yilning 25 dekabridan 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.