platina.uz

Sirdaryo hokimi bir kunda pul ajratish boʻyicha uchta farmoyish chiqardi

Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha jamgʻarmaga 1,5 mlrd soʻm berilishi koʻzda tutilgan. 

Iqtisod
5-dekabr, 15:00
Sirdaryo hokimi bir kunda pul ajratish boʻyicha uchta farmoyish chiqardi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev 4 dekabr kuni mablagʻ ajratish boʻyicha uchta farmoyishni imzoladi.

Birinchi farmoyishda aytilishicha, viloyat musiqali drama teatrini taʼmirlash uchun mahalliy byudjetning 3-chorakda rejadan oshirib bajarilgan qismidan 750 mln soʻm beriladi.

Shuningdek, viloyat mahalliy byudjetining 1-chorak daromadlarni rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 1500,0 (bir milliard besh yuz) million soʻm mablagʻ ajratiladi.

Pul viloyat hokimligi huzuridagi "Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash zaxira jamgʻarmasi"ga oʻtkazib berish uchun viloyat hokimligiga taqdim etiladi.

Uchinchi farmoyishga koʻra, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida viloyat mahalliy byudjetining 1-chorak daromadlarni rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 250 million soʻm mablagʻ Sardoba tumani hokimligi huzuridagi" Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazib berish uchun viloyat hokimligiga ajratiladi.

Avvalroq Qashqadaryoda byudjetdan 28 mlrd soʻm ajratilgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+