Muzaffar Komilov xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi
U avval prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Muzaffar Komilov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlib ishlagan.
U 2022 yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. Ungacha esa Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Uygʻun Gʻafurov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi