Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga qarshi tergov boshlandi
Davlat rahbari davlatga xiyonatda ayblanmoqda. U ikki kun avval mamlakatda harbiy holat eʼlon qilgandi.

Janubiy Koreya politsiyasi prezident Yun Sok Yolga qarshi tergov boshladi. U davlatga xiyonatda gumon qilinmoqda.
Prezident Yun Sok Yol harbiy holat eʼlon qilinganidan keyin davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi.
AFP yuqori martabali politsiyachiga asoslanib yozishicha, Yun isyonda gumon qilinmoqda.
Nashr taʼkidlaganidek, bu holatda prezidentning daxlsizligi qoʻllanilmaydi va hatto oʻlim jazosi ham qoʻllanilishi mumkin.
Yonhap'ning aniqlik kiritishicha, politsiya ikki shikoyatdan soʻng tergovni boshlagan. Ulardan biri Koreya Innovatsion partiyasi (muxolifat partiyalaridan biri), ikkinchisi 59 nafar faollar guruhi tomonidan taqdim etilgan. Bu shikoyatlar nafaqat Yun, balki sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon, ichki ishlar vaziri Li Sang Min va harbiy holatni tatbiq etish uchun masʼul etib tayinlangan general Pak An Suga ham tegishli.
Eslatib oʻtamiz, 3 dekabr kuni Janubiy Koreya rahbari kutilmaganda harbiy holat eʼlon qildi. U muxolif Demokratik partiyani ayblab chiqdi.
Biroq mamlakat parlamenti shoshilinch yigʻin oʻtkazib, harbiy holatni bekor qildi.