9 dekabr dushanba kuni dam olish boʻladi
Bu yilgi Konstitutsiya bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi. Bayram yakshanbaga toʻgʻri kelgani bois, dam olish kuni bir kun keyinga suriladi.

Oʻzbekistonliklar 9 dekabr, dushanba kuni ham dam oladi.
Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.
Oʻzbekistonda 8 dekabr sanasi Konstitutsiya bayrami sifatida dam olish kuni sanaladi. Bu yil 8 dekabr yakshanba, dam olish kuniga toʻgʻri kelmoqda.
Shu sababdan 9 dekabr, dushanba kuni ham dam olish boʻladi.
Shu tariqa oʻzbekistonliklar (besh kunlik ish haftasida) 7-8-9 dekabr kunlari dam oladi.