6 dekabrdan manfaatlar toʻqnashuvi kuchga kiradi
Ushbu qonun qator yirik tashkilotlar, jumladan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tatbiq etiladi.

"Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida" gi qonun joriy yil 6 dekabrdan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati tasdiqlandi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi" toʻgʻrisidagi qonuni:
- davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga;
-davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyxati tasdiqlandi. Quyida ular bilan tanishing:



Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi oʻzgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Roʻyxatga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib boriladi.
Hisob palatasining noyabr oyida eʼlon qilingan masofaviy tahlillarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 155 ta davlat buyurtmachilari tomonidan 195,5 mlrd soʻmlik 1400 ta shartnoma davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablariga zid ravishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilganligi maʼlum boʻldi.
Qonunbuzilishiga yoʻl qoʻygan 125 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar sudga yuborilgan.