platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma "yoʻl xaritasi"ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan. 

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori bilan uchrashdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossini qabul qildi.

4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yoʻnalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston 1994 yildan buyon XAEA aʼzosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik koʻmagini jalb etgan holda 40 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari XAEA delegatsiyasi bugun Oʻzbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida oʻtkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi. 5 dekabr kuni Samarqand shahrida sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro konferensiya birgalikda tashkil etilgani qayd etildi.

Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xoʻjaligi, suvdan foydalanish, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qoʻshma "yoʻl xaritasi"ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid