Prezident maslahatchilari lavozimlarida oʻzgarishlar boʻldi
DXXning sobiq rahbari Abdusalom Azizov maslahatchiga oʻrinbosar etib tayinlandi.

Prezidentning farmoni bilan prezidentning bir qator maslahatchilari lavozimlarida oʻzgarishlar boʻldi.
Jumladan, Ruslanbek Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bunda ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari birlashtirilgan.
Shuningdek, DXX sobiq raisi Abdusalom Azizov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bir nechta lavozim birlashtirilishi munosabati bilan quyidagilar lavozimidan ozod etilgan:
- Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Suxrob Yusupov;
- Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Kamilov;
- Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Olim Saliyev.
Suxrob Yusupov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Prezident administratsiyasida shuʼba mudiri boʻlib ishlagan Adxam Turdiyev Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari boʻlgan.