platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston boʻylab 37 mingdan oshiq bemorga kafolatlanmagan tibbiy xizmat koʻrsatilgani aniqlandi

Tibbiyot maskanlarga nisbatan qonunbuzilishini bartaraf etilish va ortiqcha olingan pullarni isteʼmolchilarga qaytarish koʻrsatmasi berilgan. 

Oʻzbekiston boʻylab 37 mingdan oshiq bemorga kafolatlanmagan tibbiy xizmat koʻrsatilgani aniqlandi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalarda tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash va sinash vositalarining metrologik koʻrikdan oʻtkazilganligi va ulardan bemorlar koʻrigida foydalanilish holati oʻrganildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobat qoʻmitasi Xoʻjayli tumani tibbiyot birlashmasida oʻrganish oʻtkazildi.

Tibbiyot birlashmasi tomonidan metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilmagan jihozlardan koʻrsatilgan xizmatlari uchun isteʼmolchilardan olingan mablagʻlarni qayta hisob-kitob qilinganda, metrologiya tekshirishidan oʻtkazilmagan “Portativ EKG”dan 2024-yil aprel oyidan avgust oyigacha boʻlgan muddat oraligʻida 88 ta isteʼmolchilardan 2 640 000 soʻm olinganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan tibbiy pullik xizmatlar narx(tarif)larini oʻrganish davomida tibbiyot markazi tomonidan 2023-2024-yillar davomida funksional diagnostika boʻlimida koʻrsatilgan xizmatlarda jami 152 mln soʻmdan ortiq pul mablagʻlari amalda toʻlanmagan ish haqi mehnat xarajatlari oshirib kiritish evaziga 35 172 ta isteʼmolchilardan ortiqcha olinganligi holatlari aniqlandi.

Surxondaryo viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi 2024 yil yanvar oyidan oktabr oyigacha tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash va sinash vositalarining metrologik koʻrikdan oʻtkazilganligi holati va ulardan bemorlar koʻrigida foydalanilishi orqali isteʼmolchilardan olingan toʻlovlar maʼlumotlarining solishtiruvi asosida oʻrganish oʻtkazildi.

Olib borilgan oʻrganish natijalariga koʻra, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasida isteʼmolchilarga koʻrsatilgan xizmatlar hisobidan 398 nafar nomuayyan isteʼmolchiga 8 940 000 soʻmlik 1 ta xizmat turi boʻyicha bemorlarga metrologik tekshiruvdan oʻtkazilmagan tibbiy sinash va oʻlchash vositalari qoʻllanilgan holda xizmatlar koʻrsatilganlik holatlari aniqlandi.

Qashqadaryo viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash va sinash vositalarining metrologik koʻrikdan oʻtkazilganligi holati va ulardan bemorlar koʻrigida foydalanilishi holati tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʻra, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida isteʼmolchilarga koʻrsatilgan xizmatlar hisobidan 1 352 nafar sondagi nomuayyan isteʼmolchilarga 38 293 000 soʻmlik 2 turdagi xizmat turi boʻyicha boʻyicha bemorlarga metrologik tekshiruvdan oʻtkazilmagan tibbiy sinash va oʻlchash vositalari qoʻllanilgan holda xizmatlar koʻrsatilganligi aniqlandi.

Toshkent viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnikaning metrologik nazoratdan oʻtkazilganligi yuzasidan Olmaliq shahrida faoliyat olib borayotgan “KARDIO-SONO MED SERVIS” MChJ tibbiy texnikalarining davriy sinovdan oʻz vaqtida oʻtkazilmaganlik holati aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, xizmat koʻrsatuvchi Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalar tomonidan (Xoʻjayli tumani tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali va “KARDIO-SONO MED SERVIS” MChJ) jami 37 mingdan ortiq isteʼmolchilarga kafolatlanmagan xizmatlar koʻrsatilganligi aniqlangan.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan tibbiyot maskanlarga nisbatan, qonunbuzilish holatining bartaraf etilish va ortiqcha olingan pul mablagʻlarni isteʼmolchilarga qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid