platina.uz
Jahon

Noyabr oyidagi eng yaxshi smartfonlar reytingi eʼlon qilindi

Roʻyxatda ming yevrodan boshlanadigan Asus ROG Phone 9 va 9 Pro smatrfonlari birinchi oʻrinni egalladi. 

Noyabr oyidagi eng yaxshi smartfonlar reytingi eʼlon qilindi

Ekspertlar tomonidan noyabr oyining eng yaxshi smartfonlari eʼlon qilindi. 4PDA portali kuzning soʻnggi oyida taqdim etilgan eng yaxshi smartfonlar roʻyxatini tuzdi.

Roʻyxatda ming yevrodan boshlanadigan Asus ROG Phone 9 va 9 Pro smatrfonlari birinchi oʻrinda.

Geymerlar orasida mashhur yangi mahsulot 185 gers chastotali ekranlarni, eng yangi Snapdragon 8 Elite chipini, orqa paneldagi qoʻshimcha displeyni, chet tugmalarni, ikkita USB type portini, naushnik, koʻplab oʻyin funksiyalari, IP68 himoyasi va 3x optik zumli telefoto linzalarni oʻz ichiga oladi.

Undan keyingi oʻrinlarda Huawei Mate 70 Pro va 70 Pro + turadi, ular 120 gersli ekran, 3D yuzni ochish, oʻzgaruvchan diafragma kamerasi, toʻrt marta kattalashtirishga ega telefoto linza, 100 vatt quvvatga ega va IP69 himoyasiga ega. Ushbu modellar 899 dollardan sotuvga chiqariladi.

Uchinchi oʻrinda buklanadigan Huawei Mate X6 boʻldi, uning narxi 1792 dollar.

Qurilmaning asosiy xususiyatlari orasida buklanadigan shakl faktor, 120 Gs chastotali ikkita ekranning mavjudligi, oʻzgaruvchan diafragmali kamera, toʻrt marta kattalashtirishga ega telefoto linza, tez simli va simsiz zaryadlash, IPx8 suv himoyasi mavjud.

Bundan tashqari, noyabr oyining eng yaxshi smartfonlari tanloviga Nubia Z70 Ultra, oʻrta budjetli Oppo Reno 13 Pro, flagman Realme GT 7 Pro, Red Magic Pro 10 va shuningdek Redmi K80 sub-flagmani kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid