platina.uz

MKBANKda yangi turdagi pul oʻtkazmasi – PAYSEND

Unda dunyoning 170 dan ortiq mamlakatiga onlayn oʻtkazmalar mavjud boʻlib, pulni oʻzingizga qulay – bank kartalari va hisob raqamlariga yoki oddiygina mobil raqam orqali ham oʻtkazishingiz mumkin.

Biznes
4-dekabr, 18:23
MKBANKda yangi turdagi pul oʻtkazmasi – PAYSEND

2025 yilning 1 choragida MKBANKda PAYSEND xalqaro pul oʻtkazmasi tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda MKBANK va PAYSEND xalqaro pul oʻtkazmasi oʻrtasida NDA shartnomasi imzolandi. Endilikda qolgan shartlarni kelishib olish maqsad qilingan.

Taʼkidlash kerakki, PAYSEND’da dunyoning 170 dan ortiq mamlakatiga onlayn oʻtkazmalar mavjud boʻlib, pulni oʻzingizga qulay – bank kartalari va hisob raqamlariga yoki oddiygina mobil raqam orqali ham oʻtkazishingiz mumkin. Bunda MKBANK mijozi boʻlsangiz, pul oʻtkazmalarini yuborish va (yoki) qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.

PAYSEND real vaqt rejimida turli mamlakatlarning bank kartalari oʻrtasidagi pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda dunyodagi juda qulay shartlarni taqdim etuvchi xizmat hisoblanadi.

PAYSEND, shuningdek, kartalarni tekshirish va firibgarlikdan himoya qilish uchun oʻz dasturlaridan foydalanadi.

MKBANK sizga barcha pul oʻtkazmasi tizimlari orasidagi eng arzon – PAYSEND xizmatini taklif etadi!

Bank Axborot xizmati

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+