Janubiy Koreyada prezident apparati xodimlari toʻliq isteʼfoga chiqdi
Endilikda prezident Yun Sok Yolning oʻziga ham hokimiyatdan ketish xavf solmoqda. U hozircha bayonot berishdan tiyilmoqda.

Janubiy Koreya prezidentining harbiy holat joriy etishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan soʻng Yun Sok Yol devonining xodimlari isteʼfoga chiqdi.
Prezident xodimlarining ketishi haqida Koreyaning Yonhap News agentligi xabar berdi.
Prezidentning oʻzi bugun ertalab barcha rejalarini bekor qildi va mahalliy vaqt bilan ertalabki oʻnga kelib hali hech qanday yangi bayonot bermadi.
Prezidentning parlamentda koʻpchilikni tashkil etuvchi Demokratik partiyadagi raqiblari, agar uning oʻzi isteʼfoga chiqmasa, impichment jarayonini boshlashlarini aytishgan.
Seul va boshqa shaharlarda ertalab prezident isteʼfosi uchun namoyishlar qayta boshlandi.
"Keyingi asosiy savol - keyin nima boʻladi - u oʻz-oʻzidan ketadimi yoki unga impichment eʼlon qilinadimi", - deya xulosa qilinadi BBC xabarida.
Soʻnggi xabarlarga koʻra, prezident mamlakatdagi harbiy holatni bekor qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti tomonidan mamlakatda harbiy holat eʼlon qilindi. Soʻngra parlamentning 190 deputati uni bekor qildi.
Oʻzbekiston elchixonasi ham ogohlantirish bilan chiqqan.