Ilon Mask AQSh bankrotlik yoqasida turganini maʼlum qildi
Tadbirkor buni davlat qarzi miqdori bilan bogʻlagan. Kongressning Byudjet byurosi prognozlariga koʻra, AQSh qarzi 2034 yilga borib 50,7 trillion dollarga yetishi mumkin.

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQShning bankrotlik xavfini baholadi.
Milliarder mamlakat asta-sekin moliyaviy nochor boʻlib borayotganini aytdi. Izoh davlat qarzi oʻsishda davom etishi haqidagi prognozlarga javoban berilgan.
"Amerika virtual bankrotlikka yaqinlashmoqda", deb yozgan tadbirkor X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Kongressning Byudjet byurosi prognozlariga koʻra, davlat qarzi 2034 yilga borib 50,7 trillion dollargacha koʻtariladi. Bu koʻrsatkich AQSh yalpi ichki mahsulotining 122 foiziga teng. 24 noyabr kuni AQSh davlat qarzi birinchi marta 36 trillion dollardan oshdi. Vakillar palatasi qoʻmitasining taqdimnomasida Jo Baydenning 2021 yilda prezidentligi boshlanganidan beri davlat qarzi 7,25 trillion dollarga oshganini koʻrsatdi. Noyabr oyi boshida Donald Tramp AQSh prezidentligiga saylansa, davlat qarzini bitkoinlar bilan toʻlashni buyurishini hazil tariqasida aytgan edi.