platina.uz
Sport

"Tottenxem" va "Nyukasl" Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi

Oʻzbekiston termasi himoyachisi ingliz klublari eʼtiboriga tushdi. "Lans" Husanov evaziga 30 mln yevro soʻramoqchi ekani aytilmoqda. 

"Tottenxem" va "Nyukasl" Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi

Oʻzbekistonlik futbolchi Angliyaning yetakchi jamoalarida oʻynashi mumkin.

Telegraph nashri xabariga koʻra, "Lans" va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov "Tottenxem" va "Nyukasl" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Premer-liga klublari 20 yoshli futbolchini qishki transfer oynasidayoq qoʻlga kiritishga harakat qilishi mumkin.

"Lans" Xusanovni Belarusning "Energetik-BGU" klubidan 2023 yilning yozida 100 ming yevro evaziga sotib olgandi. Endi fransuz jamoasi futbolchini kamida 30 million yevroga sotishni moʻjallamoqda.

Himoyachiga avvalroq PSJ qiziqayotgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda Xusanov "Lans" safida 13 ta oʻyinda maydonga tushdi. U Oʻzbekiston terma jamoasi safida 18 ta oʻyin oʻtkazgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid