platina.uz
Sport

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi

Rejaga koʻra jahon birinchiligi 2025 yil 20-28 iyul kunlari oʻtishi belgilangan. 

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi

Toshkent 2027 yil qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatini qabul qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Poytaxtda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi oʻtkazildi. Unda Alisher Usmonov yana bir bor ushbu tashkilot rahbari etib saylandi.

Tadbir davomida yana bir qator jarayonlar ham boʻlib oʻtdi. Jumladan, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari orasidan joy oldi.

Yana bir ahamiyatli jihati, poytaxt 2027 yil kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatini qabul qiladigan boʻldi.

Rejaga koʻra, musobaqa 20-28 iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Tadbirda yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda yoshlar oʻrtasida jahon reytingini peshqadam sifatida yakunlagan sablyachi Fernanda Errera ham mukofotlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid