Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari BAA elchisi bilan uchrashdi
Unda Abu-Dabi aeroportida BAAga kiritilmagan oʻnlab oʻzbekistonliklar masalasi koʻrilgan.

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari BAA elchisi bilan uchrashdi.
2024 yil 2 dekabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tomonlar soʻnggi kunlarda Oʻzbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha fikr almashdi, ddeyiladi TIV xabarida.
Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishga kelishib olingan.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval oʻnlab oʻzbekistonliklar Abu-Dabi aeroportida BAAga kiritilmagandi.