Shoira Farida Afroʻz Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari boʻldi
Farida Boʻtayeva 1956 yil 5 martda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 1994 yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Farida Afroʻz uyushma raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun shu munosabat bilan Yozuvchilar uyushmasida Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari hamda uyushma jamoasi ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtgan. Avval bu lavozimda boshqa bir shoir Botirjon Ergashev ishlab kelgan.
Farida Afroʻz (Boʻtayeva Farida) – 1956 yil 5 martda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 1994 yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Uning "Qirqkokilligim", "Iztirob koʻylagi", "Tunlar isyoni", "Koʻzim manim…", "Qurbonjon dodxoh" tarixiy dramasi, "Oʻzimdan oʻzimgacha", "Poka yest na zemle razluka…", "Ot Faridы Afruz" (Moskva), "Gun aydin" (Istambul), "Ushshoq" singari sheʼriy toʻplamlari chop etilgan.
Sheʼrlari rus, turk, ingliz, nemis, fransuz, fors, uygʻur, ozor, gagouz, xitoy, koreys tillariga tarjima qilingan.