Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas qadriyatlar – Mohira Boltayeva bilan suhbat
Jami 1 mlrd soʻm miqdorida pul olgan oʻqituvchi majburiy mehnat, "surish", oddiy va maxsus maktablar farqlari haqida gapirdi.
Intervyu
3-dekabr, 19:03
Bu yil 23 yoshli kimyo oʻqituvchisi Mohira Boltayevaning oʻquvchilaridan 3 nafari nufuzli xalqaro kimyo olimpiadasida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
U uch yildan beri Toshkent shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kimyodan dars beradi. Mohira oʻquvchilarining natijalari ortidan qisqa vaqt ichida qariyb 1 mlrd soʻm pul mukofotlarini jamgʻarishga erishdi.
Suhbatda uning bu yoʻnalishga qanday kelgani, muvaffaqiyat kaliti va shu kungacha duch kelgan qiyinchiliklari haqida gaplashdik.