Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilindi
Prezident Yun Sok Yol muxolif Demokratik partiyani Shimoliy Koreyaga yon bosishda ayblab chiqdi.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi, deb xabar bermoqda Yonhap.
Bu qaror, davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, "Shimoliy Koreyani qoʻllab-quvvatlovchi kuchlarni yoʻq qilish va erkin konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish" uchun qabul qilingan.
Prezident Yun Sok Yol (2022 yilda "Xalq qudrati" partiyasidan saylangan) muxolif Demokratik partiyadan boʻlgan raqiblarini aybladi. Uning aytishicha, parlamentni nazorat qiluvchi partiya Shimoliy Koreyaga xayrixohlik va hukumat ishini falaj qiladigan davlatga qarshi harakatlar sodir etmoqda.
Yonhap agentligi taʼkidlashicha, tomonlar oʻrtasida byudjet boʻyicha kelishmovchiliklar davom etmoqda, Demokratik partiya uni qisqartirish, jumladan, hukumat zaxira fondi, prezident devoni va huquq-tartibot idoralari uchun sarf-xarajatlar kamaytirish tarafdori.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi barcha turdagi qoʻshinlar qoʻmondonlariga jangovar shaylikni oshirishni buyurgan.