platina.uz
Sport

Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari mezbonligi Bahraynga berildi

2025 yilgi musobaqalar Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda boʻlib oʻtishi lozim edi.  

Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari mezbonligi Bahraynga berildi
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi.

Osiyo yoshlar oʻyinlariga mezbonlik qiladigan mamlakat oʻzgardi.

2025 yil Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Osiyo yoshlar oʻyinlariga mezbonlik qiladigan davlat nomi almashdi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi Instagram tarmogʻidagi sahifasida eeʼlon qilgan.

"Osiyo Olimpiya kengashi Oʻzbekiston mezbonligida Toshkentda oʻtkazilishi kerak boʻlgan Yoshlar oʻrtasidagi 3-Osiyo oʻyinlari 2025 yilda Bahraynda oʻtkazilishini maʼlum qiladi.

Bugun, 2 dekabr kuni oʻtkazilgan tashkilot ijroi qoʻmitasi yigʻilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi", - deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi rasmiy axborotida.

Oʻzbekistondan nega mezbonlik olib qoʻyilgani haqida izoh berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur sport musobaqalari sabab Toshkentda olimpiya shaharchasi bunyod etilayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid